TIZIMLI
BLOK.
Aynan tizimli blok
kompyuterning eng muhim bloki bo’lgani uchun uni batafsil ko’rib chiqamiz.
Avval ta’kidlanganidek, tizimli blok kompyuterning asosiy elektron
qurilmalarini o’z ichiga oladi.
Shuning uchun u SHK
ning eng muhim tashkil etuvchilaridan biri sanaladi.
Tizimli blokning
tarkibi quyidagilardan iborat:
1. Tizimli plata;
2. Diskyurituvchi;
3. Qattiq disk
(vinchestr);
4. Tok manbai
bloki.
Tizimli plata bu - maxsus materialdan yasalgan plastinada joylashgan
mikrosxemalardan iborat bo’lib, ular o’zaro bog’lovchi elektr (tok) o’tkazuvchi
yo’llari bilan bog’langan. Tizimli plata EHMning eng muhim elementlarini o’zida
jamlaydi, chunonchi:
u markaziy
protsessor;
u tezkor xotira
mikrosxemalari;
u doimiy xotira
qurilmasi;
u taymer (joylashtirilgan
soatlar);
u kengaytirish
tutashmalari va boshqalar.
Tizimli plataning
eng muhim elementlaridan biri - markaziy protsessoridir.
Dastur bilan
berilgan ma’lumotlarni o’zgartiradigan, hamma hisoblash jarayonlarini
boshqaradigan hamda hisoblash ishlariga tegishli moslamalarning o’zaro
aloqasini o’rnatadigan qurilma-protsessor deb ataladi. Protsessorda arifmetik
va mantiqiy amallarni bajarish, xotiraga murojaat qilish, dasturda berilgan
ko’rsatmalarning berilgan ketma-ketlikda bajarilishini boshqarish hamda asosiy xotira o’rtasida aloqa
o’rnatish amalga oshiriladi.
Protsessor katta
integral sxemalardan foydalanish asosida quriladi. Protsessor kompyuterning
asosiy qurilmalaridan, ya’ni kompyuterning “yuragi” deb hisoblanadi. Bir so’z
bilan aytganda, protsessor kompyuterning barcha ishini boshqaradi va barcha
ko’rsatmalarini bajaradi.
Shaxsiy
kompyuterning eng muhim ko’rsatkichi uning ishlash tezligi va ma’lumotlarni
saqlash uchun xotira hajmidir. Ma’lumki, 2 sonini turli darajalari bo’lgan 4,
8, 16, 32, 64 lar bilan bog’liq bo’lgan mikroprotsessorlar qabul qilishi mumkin
bo’lgan betlar soni kompyuterlarning razryadini belgilaydi.
IBM RS
kompyuterlarning butun taraqqiyoti mikroprotsessorlarni ishlab chiqaruvchi
Intel firmasi bilan bog’liq. Aksariyat shaxsiy kompyuterlar ushbu firma
mikroprotsessorlari bilan ishlaydi. Shartli ravishda firmaning 8086 yoki 8088
(16 razryadli) mikroprotsessorlari IBM RS XT (extended version, “Iks-ti” deb
o’qiladi) deb nomlanadi.
Mazkur firmaning 80286 (16 razryadli) mikroprotsessorlari bilan
ta’minlangan SHK lar IBM RS AT (Advanced Techology) deb ataladi.
IBM RS shaxsiy
kompyuterlarning oilasi tez rivojlanmoqda. Bugungi kunga kelib Intel
firmasining ko’p razryadli ishlash samarasi va imkoniyati katta Rentium shaxsiy
kompyuterlari tez tarqaldi. Rower RS rusumidagi yana ham kuchli
mikroprotsessorlarning tarqalishi kutilmoqda.
Tizimli platada
joylashgan yana bir eng muhim element -tezkor xotira mikrosxemalaridir.
Tezkor xotira yoki
tezkor xotira qurilmasi (TXQ) o’zida ayni vaqtda kompyuter ishlayotgan
dasturlar uchun ma’lumotlar shu bilan birga ishning natijasi saqlanadigan
mikrosxemalardan tashkil topgan.
Tizimli platada
joylashgan xotiraning yana bir turi - doimiy xotira qurilmasi (DXQ,) yoki
doimiy xotira (DX) deb ataladi.
Doimiy xotira BIOS
(Basic Inrut - Outrut System - kiritish va chiqarishning baza tizimi) nomli
zavodda yozilgan boshqaruv dasturlari to’plamini saqlovchi mikrosxemadir.
Doimiy xotirada saqlanayotgan axborotni tezkor xotiradagilardan farqi shuki,
kompyuter tok manbaidan o’chirilganda ham axborot saqlanib qoladi.
Undagi axborot bir
marta zavodda mikrosxema tayyorlash jarayonida kiritiladi, uni o’zgartirish
mumkin emas.
DXQ (BIOS) -
quyidagi vazifalarni bajaruvchi dasturlar to’plamidir. Birinchidan, kompyuter
manbaga ulanganda uning hamma qurilmalarini, masalan diskyurituvchi va
vinchesterlarni boshqarishga imkon bersa, ikkinchidan taymer kompyuterdagi
to’xtovsiz ishlaydigan elektron soat, vaqtini va yilini aniqlash uchun xizmat
qiluvchi mikrosxema.
Kengaytirish
raz’yomlari - kompyuter imkoniyatlarini kengaytirib, uning yordamida
kompyuterlarga qo’shimcha qurilmalar ulanadi. Odatda kengaytirish raz’yomlarida
qurilmani boshqaradigan alohida maxsus platalar qo’yiladi. Bunday platalar
nazoratchilar deb nomlanadi. Masalan, monitor ishini boshqaradigan plata
videonazoratchilar deb nomlanadi. Kompyuterning barcha qurilmalari uchun
boshqaruv signallar beruvchi vosita markaziy protsessor bo’lsa-da, nima uchun
nazoratchilar mavjud degan, savol tug’iladi. Buning mohiyati shuki, markaziy
protsessor boshqaruv signallarini umumiy tartibda beradi, nazoratchi ularni
qabul qilib, bevosita qatnashishi talab qilinmaydigan qator yumushlarni
bajaradi. Hayotiy bir misol timsolida masalan, bosh oshpaz o’z yordamchilariga
palov damlashni buyuradi, buni markaziy protsessor boshqaruv signaliga
qiyoslasak, oshpazlar esa sabzi, guruch, o’tinlarni tayyorlaydi, bu -
nazoratchi bajaradigan ishlar deb tushunsa bo’ladi.
Tizimli platada
yana boshqa ko’plab qurilmalar joylashgan, biroq, ular to’g’risida ma’lumot
kompyuter ishini chuqur o’rganishni hohlagan foydalanuvchi uchun muhim bo’lishi
mumkin.
TIZIMLI
BLOK. TIZIMLI BLOKNING TASHKIL ETUVCHILARI. TASHQI XOTIRA QURILMASI. QATTIQ
DISK, DISK-YURITUVCHI VA DISKETLAR. AXBOROT O’LCHOV BIRLIKLARI
Tizimli blokda tizimli platadan tashqari diskyurituvchi va qattiq disk
(vinchester) joylashgan.
Bu qurilmalar
kompyuterda dastur, matn, rasm va boshqa ko’rinishdagi ma’lumotlarni saqlash
uchun mo’ljallangan. Nima uchun yuqoridagi maqsadlar uchun tezkor xotira yoki
doimiy xotira qurilmalaridan foydalanish mumkin emas? degan savol tug’ilishi
mumkin. Ma’lumki, tezkor xotira tok manbaiga to’liq bog’liq, doimiy xotiraning
tarkibi esa zavodda shakllanadi.
Shuning uchun
qattiq disk - vinchester va disketlar bilan diskyurituvchi kabi qurilmalar
yaratilgan. qattiq disk va disketlar bilan diskyurituvchi yana kompyuterning
tashqi xotira qurilmalari deb yuritiladi. Bu qurilmalar axborotni uzoq vaqt
saqlash uchun mo’ljallangan va eng muhim, axborotlarni bu qurilmalarga yozish,
o’qish, ularni o’zgartirish, kerak bo’lsa, ularni yo’q qilish ham mumkin.
quyida bu qurilmalarni birma-bir ko’rib chiqamiz.
Diskyurituvchi va
disketlar. Odatda ular alohida ishlamaydi. Agar solishtiradigan bo’lsak,
disketlarsiz diskyurituvchi go’yo kassetasiz magnitofondir: Diskyurituvchi -
disketdagi axborotni yozish va o’qish uchun mo’ljallangan qurilma. Disketa -
axborotni uzoq vaqt saqlash uchun maxsus vosita. Disketa ichida axborot
yoziladigan nozik magnit disk joylashgan.
Tashqi xotira uchun
kichik doirasimon (20, 12 va 8 sm diametrli) egiluvchi magnit disketlardan
foydalanish juda kulay.
Tashqi xotira,
odatda magnit disklardan iborat bo’lib, ular ikki turlidir. Birinchi turi -
egiluvchan disklar yoki disketalar. Disket yordamida axborotni bir kompyuterdan
boshqasiga o’tkazish mumkin. Ikkinchi turi qattiq disklar. Bunday disklarni bir
kompyuterdan boshqasiga o’tkazish mumkin emas, lekin ular kompyuterda juda
katta hajmda axborotni saqlash imkonini beradi. Birgina qattiq diskka bir necha
yuzta egiluvchan disketdagi axborotni yozish mumkin. Birinchi tur diskdagi
axborot hajmi Kbayt, ikkinchi tur diskdagisi esa Mbayt bilan o’lchanadi.
Hozirgi paytda optik disklar paydo bo’lmoqda. Bunday disklarga lazer nuri
yordamida gigabaytlarda (Gbayt) o’lchanadigan katta hajmdagi axborot yozilishi
mumkin.
Model MHT20xxAH shpindelining aylanish tezligi 5400 ob.min.
O’rtacha axborot qidirish vaqti
12 ms.



Eng tezkor vinchesterlar Western Digital
Kompyuterda axborot bit, bayt, kilobayt (Kbayt), megabayt(Mbayt) va
boshqa kattaroq birliklarda o’lchanadi.
Eng kichik axborot
birligi - bit. Foydalanuvchi uchun bir bit hyech qanday axborotni bildirmaydi.
Lekin bir bit axborot bu - bir harf yoki raqam bo’shliqni anglatadi. Baytdan
keyingi o’lchov birligi - kilobayt bo’lib, u 1024 baytga teng. Agar belgilar
bilan hisoblasak, bu 1024 belgidir.
Axborot o’lchov
birliklarining o’zaro bog’lanishlari quyidagicha:
1 Mbayt q1024 Kbayt
1 G (giga)baytq1024
Mbayt va hokazo.
Uncha qalin
bo’lmagan 300 betli o’quv kitobi rasmsiz, taxminan 2 Mbayt axborotni o’zida
jamlaydi.
Disket va qattiq
disklar uchun axborot sig’imi tushunchasi juda ahamiyatli. Bu axborot saqlash
vositasiga qancha Kbayt yoki Mbayt yozish mumkinligini ko’rsatadi. Quyida har
bir tur disketning axborot sig’imi berilgan.
Disketa turi
|
Axborot sig’imi
|
5.25 dyumli
|
360 Kbaytdan 1,2Мbaytgacha
|
3.5 dyumli
|
720 Kbaytdan 2,8 Мbaytgacha,
lekin hozirgi kunda ommalashgan disketa 1,44 Mbayt sig’imlidir.
|
Uzoq vaqt axborot saqlash uchun mo’ljallangan boshqa qurilma-qattiq disk
yoki ”vinchester”dir. Qattiq disk yoki “vinchester”-axborotni o’qish, yozish va
saqlash qurilmasidir. Qattiq diskda bir emas, balki bir o’qda joylashtirilgan
va zich yopilgan yopiq metal korpusiga joylashtirilgan bir qancha metal disklar
bor. Diskning har bir tomoni ishchi hisoblanadi. Unga axborotni yozish va uni
o’qish mumkin. “Vinchester”ning axborot sig’imi 500 Mbayt dan to 4Gbaytgacha.
Buning ustiga
“vinchester” markaziy protsessorga axborotni disk yurituvchiga karaganda tezroq
uzatadi. U holda nima uchun disketlardan foydalaniladi?
Disketaning asosiy
afzalligi shundaki, undagi axborotni bir kompyuterdan ikkinchisiga o’tkazish
osonroq. Qattiq diskni bir kompyuterdan ikkinchisiga ko’chirish yangi
foydalanuvchilarga maslahat berilmaydi. Tizimli blokni ochish, qattiq diskni
ajratish, so’ngra boshqa kompyuterning tizimli blokini ochib, qattiq diskni
ushlash kerak. Disketani ko’chirish uchun esa bir diskyurituvchidan chiqarib
ikkinchisiga qo’yish kerak. Bu katta mahorat talab etmaydigan operatsiya.
MONITOR (DISPLEY) VA KLAVIATURA.
Monitor (displey)
matn va tasvir ko’rinishdagi axborotlarni ekranga chiqarish qurilmasidir.
Hozirgi vaqtda monoxrom va rangli monitorlar mavjud bo’lib, ular matn yoki
grafika holatlaridan birida ishlaydi.
Matn holatida
monitor ekranini shartli ravishda belgi o’rinlari kataklariga bo’lib chiqish
mumkin. Bunday kataklarning soni ko’pincha gorizontaliga 80, vertikaliga esa 25
bo’ladi. Har bir katakda mazkur bobning boshida qayd etilgan 256 belgilaridan
birini (maxsus belgilar, lotin alifbosi bosh va kichik harflari, riyoziyot hamda
tinish belgilari, psevdografika belgilari va hokazo) ko’rsatish mumkin. Lotin
yozuviga mos kelmaydigan har qanday harf yoki belgini maxsus drayversiz
monitorda ifoda etib bo’lmaydi. Kirillitsaga asoslangan alifbo uchun ham maxsus
drayverlar mavjud. Rivojlangan davlatlarda yaratilgan aksariyat dasturlar lotin
yozuvigagina asoslangan. Ana shuning uchun ham lotin yozuviga asoslangan yangi
alifboga o’tar ekanmiz, o’zbek tilimizdagi tovushlarni ifoda etuvchi har bir
harf lotin yozuviga zid bo’lmasligi lozim.
Monitorning grafika
holatida ekranga turli grafiklar va tasvirlar chiqariladi. Bu holatda ekrandagi
matnlarni turli shriftlarda yozish mumkin. Mazkur holatda rangli monitor ekrani
turli ranglarni qabul qila oluvchi mayda nuqtalardan tashkil topadi. Bu nuqtalarning
soni monitorning ana shu holatdagi imkoniyat darajasini belgilaydi. Masalan,
imkoniyat darajasi 640x480, 16 yozuvi, ekranda gorizontaliga 640, vertikaliga
480 nuqta mavjudligini va bu nuqtalar 16 xil rang qabul qila olishini
ko’rsatadi.
Quyidagi jadval
yordamida mavjud bo’lgan monitor turlari nomlarini va ularning imkoniyat
darajalarini ko’rishimiz mumkin.
Monitor
|
Rang-mono
|
Matn-holati
|
Grafika holati
|
MDA
|
Monohrom
|
80х25,
2
|
640х200,
2
|
CGA
|
Rangli
|
80х25,
16
|
640х200,
2
|
MCGA
|
Rangli
|
80х25,
16
|
640х480,
16
|
Hercules
|
Monohrom
|
80х25,
2
|
720х348,
2
|
EGA
|
Rangli
|
80х25,16 80х25, 16
|
640х350,
16
|
VGA
|
Rangli
|
80х25,
16
80х25,
16
|
640х480,
16
|
KLAVIATURA.
KLAVIATURANING ASOSIY TUGMALAR GURUHI VA ULARNING VAZIFALARI
1. Klaviaturadagi
tugmalarning turli soni ba’zi bir boshqaruv tugmalarning takrorlanishi va yangi
tugmalar qo’shish hisobiga bo’ladi. Masalan: ENTER, SHIFT, ALT va boshqa
tugmalar yoki WINDOWS maxsus tugmalari.
2. Asosiy gurux
tugmalarning ta’rifi va ularning vazifalari. Bajaradigan vazifalariga qarab,
klaviaturada to’rt gurux tugmalar mavjud:
3. Ushbu mashg’ulot poyonida
2-3 gapdan ortiq bo’lmagan oddiy matn misolida asosiy ko’nikmalarni mashq
qilishni tavsiya qilamiz.
Tarbiyaviyligi: o’quvchilarda informatika darsiga qiziqtira olishni
hosil qilish.
1. “Sichqoncha” ni
qanday qilib to’g’ri ushlashi ko’rsatiladi.
2. “Sichqoncha”
ko’rsatkichini ekranning o’ng yuqori, keyin chap pastki burchagiga olib
borishga harakat qilinadi, ekran o’rtasiga qo’yiladi.
3. “Sichqoncha”ning
ko’rsatkichini “Ishga tushirish” tugmasiga qo’yiladi.
4. “Sichqoncha”ning
ko’rsatkichini dasturlarga qo’yiladi.
5. Ko’rsatkichni
“Standartli”ga olib boriladi.
6. Ko’rsatkichni
“RAINT GRAFIKLI MUHARRIRI”ga olib boriladi.
7. “Sichqoncha”ning
chap tugmasi bosiladi.
Muharrirda
ishlashning eng oson usullarini tushunib olish kerak (uskunalarni tanlash, rang
tanlash). Oddiy rasm chizishni o’rganish.
Ushbu mashg’ulot
poyonida ham klaviatura bilan ishlashni davom ettirish foydali, masalan:
1. Turli matnlarni
aytib kiritish. Matnlarni mustaqil ravishda tuzatish.
2. Klaviatura
trenajeri dasturini mashq qilish.
Klaviatura -
axborotni kompyuterga kiritishning standartli universal qurilmasidir.
Tugmalar
soniga qarab uch tur klaviaturalar farqlanadi:
1) PS/AT klaviaturasi (84-86 tugma).
2) WINDOWS klaviaturasi (105 tugma).
3) Standart (101. 102) kengaytirilgan AT klaviaturasi.
u boshqaruv
tugmalari;
u tahrir qilish
tugmalari;
u alfavit – raqamli
tugmalar;
u funksional
tugmalar.
Boshqaruv
tugmalariga quyidagilar kiradi:
ENTER - kiritish
tugmasi;
ESCAP (ESC) - bekor
qilish tugmasi;
CTRL, ALT - maxsus
boshqaruv tugmasi, u odatda boshqa tugmalar bilan birgalikda turli buyruqlarni
bajarish uchun foydalaniladi.
Caps Lock -
klaviatura registrlari orasidagi uzoq vaqtli o’tkazishlarni boshqaradi.
Num Lock -
klaviatura alohida qismini raqamlar va strelkalar yordamida boshqaradi.
SHIFT - tugmasi
registrlar orasidagi qiska vaqtli o’tkazishlarni boshqaradi. Strelkalar tugmasi
yordamida ham kursorni boshqarish mumkin.
Tahrir qilish
tugmalari:
DELETE - kursorning
o’ng tomonidagi belgilarni yo’qotish;
Back Spase -
kursorning chap tomonidagi belgilarni yo’qotish;
INSERT - belgi
joylashtirish;
HOME - kursorni
satr boshiga keltirish;
END - kursorni satr
oxiriga keltirish;
PAGE UR - kursorni
sahifaning yuqori qismiga keltirish;
PAGE Down -
kursorni sahifaning pastki qismiga keltirish.
Klaviaturadagi F1 -
F12 funksional tugmalar turli dasturlarda maxsus vazifalarni bajaradi. Masalan,
F1 tugmasi ko’pgina dasturlarda bajarilayotgan ish xaqida yordam chaqiruvchi
maxsus vazifani bajaradi.
Klaviaturaning eng
katta va keng qismi alfavit raqamli
qismi bo’lib, tashqi ko’rinishdan u yozuv mashinkasini eslatadi. U matn va
buyruqlar kiritish uchun ishlatiladi.
u belgilarni yo’qotish;
u belgilarni
qo’yish;
u noto’g’ri
kiritilgan belgilarni tuzatish;
u bo’sh satr
qo’yish;
u satr yo’qotish;
u kichik matnlarni
kiritish va tuzatish.
“SICHQONCHA”
BOSHQARISH QURILMASI VA UNING TURLARI
“Sichqoncha” -
kompyuterga axborot kiritish qurilmasidir. Kompyuterga ulanuvchi simi bilan
birgalikda xaqiqatdan ham “Sichqoncha”ni eslatuvchi bu kulrang qutichaning ikki
yoki uch tugmasi mavjud. Bundan tashqari, uning ostiga zo’ldir - sharcha
o’rnatilgan bo’lib, tekis yuza ustida “Sichqoncha”ning surilishi natijasida ana
shu zo’ldir aylanadi, bu esa o’z navbatida ekrandagi kursorni harakatlantiradi.
“Sichqoncha” bilan kursorni harakatlantirishdan tashqari, undagi tugmalar
yordamida dastur ishini boshqarish imkoniyatlari ham mavjud. Albatta, barcha
dasturlar “sichqoncha” bilan ishlashga mo’ljallangan emas, ammo shunday
dasturlar mavjudki, ularning ishini “Sichqoncha”siz boshqarish juda qiyin
(masalan, tasvir muharrirlari bilan ishlaganda).
“Sichqoncha”
tugmasining soniga qarab, ikki va uch tugmalikka bo’linadi. Ikki tugmalilarda
“Sichqoncha”ning o’ng tugmasi ENTER tugmasi vazifasini bajaradi, chap tugmasi
esa Escare tugmacha vazifasini bajaradi.
Uch tugmalilarda
chetdagi o’ng va chap tugmalar xuddi ikki tugmalilardagi kabi vazifalarni
bajaradi, o’rtasidagi esa odatda to’ldiruvchi ENTER tugmasiday ishlaydi.
Saqlanayotgan matnga nom
berilib (fayl nomi) «enter» klavishi bosiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
S.A. Aripov “Kompyuter savodxonligi”
Комментариев нет:
Отправить комментарий